Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari” fani 5A320406 –“Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi” mutaxassisligining 1 kurs  magistratura  talabalari uchun o‘qiladi.

   Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad-  magistratura talabalarga, pediatriya va  geriatriya  amaliyotida qo‘llaniladigan dorilarni yaratishdagi muammolar, dori turlarini turg‘unlashtirish, infuzion eritmalar va ko‘z dori turlarini texnologiyasini takomillashtirish, shuningdek, radiofarmatsevtik preparatlar texnologiyasi

bo‘yicha nazariy  va amaliy bilimlarni berishdan iborat.

                   Ma’ruza matnlari, fan dasturiga muvofiq, quydagi 10 ta mavzuni qamrab olgan:

-Bolalar amaliyotida ishlatiladigan dori turlarini yaratishdagi muammolar

-Pediatrik dori turlarini korrigirlash asoslari.

-Geriatriya amaliyotida qo`llaniladigan dori turlarini yaratishdagi

muammolar                                         

-Infuzion eritmalarga  qo`yilgan zamonaviy talablar

-Infuzion eritmalarni texnologiyasini takomillashtirish yo`nalishlari.

-Ko`z  dori turlarini  texnologiyasini takomillashtirish

-Dori vositalarini turg`unlashtirishning zamonaviy aspektlari.

-Zamonaviy konservantlar va antioksidantlar farmatsevtik texnologiyada

-Radiofarmatsevtik preparatlar

Xar bir ma’ruza uchun  uning maqsadi, tayanch atama va iboralar, yoritiladigan asosiy savollar, nazorat savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.

Zamonaviy  talablarga ko‘ra ma’ruza matnlarini tuzishda xorij adabiyot-larda keltirilgan ma`lumotlardanham foydalanilgan.

     Ma’ruza matnlari glossariy   bilan yakunlanadi.

         Tuzilgan ma’ruza matnlari     « Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari »  fanini magistratura talabalari tomonidan  o‘zlashtirish samarasini oshirish imkoniyatini beradi.