Mamlakatimizda aholi o‘rtasida dori vositalarining qo‘llanilishiga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borishi, aholini sifatli ko‘zlangan biologik samaraga ega bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlashga o‘ta extiyotkorlik bilan yondoshishini taqozo etadi. Buning uchun dori vositalari tahlilining asosiy bosqichlarini belgilab olish va uni amalga oshirish muammolarini yechimini topish talab etiladi. Fanni o‘rganish jarayonida dori moddalari va preparatlari tahlilining asosiy bosqichlariga, jumladan, dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlari, tashqi ko‘rinishi, eruvchanligi, chinligi, fizik konstantalari, yot aralashmalar, biologik tahlil usullari, miqdoriy tahlili, yaroqlilik muddati va saqlanishi kabi usullariga keng o‘rin berilgan. Dori vositalarining sifati ularning olinish usullariga, saqlanish sharoitiga va fizikaviy-kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning sifat standartlari, sifat standartlarining ko‘rsatkichlarini aniqlashda qo‘llaniladigan fizikaviy-kimyoviy usullar haqida ham batafsil nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi.