Fanning maqsadi. Magistratura talabalariga dori vositalarini  modifikatsiyalash va yo’naltirish tizimlari, ta'siri modifikatsiyalangan  va yo’naltirilgan  dori vositalarini yaratishning nazariy va amaliy masalalariga oid bilimlarni berish maqsad qilib belgilangan.

            Fanning vazifasi. Magistratura talabalariga dori vositalarini  modifikatsiyalash va yo`naltirish tizimlari, ta'siri modifikatsiyalangan  va yo’naltirilgan  dori turlarini (modifikatsiyalangan peroral dori turlari, applikatsion dori vositalarini, davolovchi  dorivor tizimlar, sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog`langan dori vositalari, lipidli vezikulalar asosidagi tashuvchi tizimlar, dori zarrachalarini qobiqlangan  vositalari, magnit zarrachalar asosida olingan dori vositalari, implantatsiyali parenteral  va  ingalyatsiyali dori  tizimlari, gidrogellar va mikro-emulsiyalar)  yaratilishi bo`yicha nazariy bilimlar  berish, olingan bilimlardan foydalana olishi  va  bevosita amaliy mashg’ulotlarda  mustahkam ko`nikmalarga ega bo`lishi ta`minlanishini muvofiqlashtirishdan iborat.

Fanning o`qitish davomida magistratura talabalari quyidagi bilimlarga ega bo`lishi kerak:

 -  modifikatsiyalangan  va yo`naltirilgan  dori turlarini   ta`rifi, tasnifi, zamonaviy farmakoterapiyadagi ahamiyati;

- dori shakllaridan faol moddalarni so`rilishini modifikatsiyalash;

- modifikatsiyalangan peroral dori  turlari va appilikatsion dori shakllarini zamonaviy farmakoterapiyadagi o`rni, qo`llash sohalari, afzalliklari, ularni yaratishdagi muammolar;

- dorilar samaradorligini oshirishda faol moddalarni sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog’lashning axamiyati;

-  dorivor modda zarrachalarini polimer qobiq  bilan qoplashdagi va magnit zarrachalar asosida  dori turlarini yaratishdagi asosiy muammolar;

- lipidli vezikulalar asosida dorilarni ta'sirini yo’naltirish va davolovchi dori  tizimlarini yaratishdagi asosiy muammolar;

- rinologik dori turlari, implantatsiyali parenteral  dorilar va ingalyatsiyali dori tizimlari;

-gidrogellar va mikroemulsiyalar  asosida faol moddalarni ta'sirini modifikatsiyalash;

- nanotexnologiya  asosida dori vositalar samaradorligini oshirish va nanozarrachalar yordamida dorilarni tanada yo’naltirish;

                quyidagi o’quvga ega bo’lishi kerak:

- applikatsion  dori vositalari texnologiyasida qo’llaniladigan  zamonaviy asoslar bo’yicha;

- dori modda zarrachalarini polimer bilan qobiqlangan dori vositalarining (pelletlar)  nomenklaturasini va qo`llanilishi bo`yicha;

- davolovchi dori tizimlarining  turlarini, tuzilishi bo`yicha;

- dorilarning so`rilish darajasini mutanosibligini aniqlash;

-  nanotexnologiyalarni tibbiyotda va farmatsiyada qo`llash imkoniyatlari bo`yicha;

- lipidli vezikulalar asosida dorilarni  turg’unlashtirishni; 

- ta'siri modifikatsiyalangan peroral  va magnit zarrachalar asosida  yaratilgan dori  vositalarni ta'sir etish mexanizmlari bo’yicha;

- rinologik dori turlarini o’ziga xos tomonlari bo’yicha;

- implantatsiyali parenteral  dorilar va  ingalyatsiyali dori tizimlar tuzilishi bo’yicha;

         quyidagi ko`nikmalarga ega bo’lishi kerak:

-biofaol tizimlarda ishlatiladigan polimerlar xususiyatlarini aniqlash;

- applikatsion  dori vositalarini tayyorlash prinsiplari va ularning fizik-kimyoviy, mexanik va biofarmatsevtik ko’rsatkichlarini aniqlash;

- dorivor modda zarrachalarini polimer qobiq  bilan qoplash;

- davolovchi  dorivor tizimlarni tayyorlash ;

-lipidli vezikulalar asosida olingan dorilarni yaratishdagi qo’llaniladigan zamonaviy usullar.