GMP asoslari- Dori vositalarini sifatini ta’minlashga qaratilgan umumiy boshqaruv qoidalari to’plami hisoblanadi. Farmatsevtika sohasida sifat tizimining rivojlanishi uch bosqichdan iborat: sifat nazorati, sifatni ta’minlash va sifat menedjementi (boshqarish). Sifat tizimi bu mahsulot va xizmatlarni iste’molchilar talabini qondirishda sifatliligini ta’minlaydigan resurslar, jarayonlarni tashkillashtiradigan, boshqaruvni aniqlaydigan, shakllangan biznes amaliyotidir. Sifat tizimining ahamiyati shundaki, bunda farmatsevtika ishlab chiqarish soxasida GMP talablarini yanada chuqurroq va faolroq qo‘llash imkonini yaratadi, shuningdek tekshiruv vaqtida nazoratchi tomonidan faqatgina sifatni ta’minlash tizimining mavjudligi tekshirilmay, balki GMP talablariga to‘liq rioya qilinayotganligi ham nazoratga olinadi.