Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 27 октябрдаги 289-сонли, “Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ходимларининг малакаси ва кўникмаларини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар ҳамда уларни ишда компьютер техникаси ва ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланиш юзасидан аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги қарорига асосан Олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчиларини ушбу соҳада билимларини оширишга қаратилган электрон ўқув курси.


Mustaqil Rеspublikamiz hayotida tub burilishlar sodir bo`layotgan hozirgi  pallada milliy ta'lim taqdiriga aloqador qator muammolar o`z yеchimini topmoqda. Fan, texnika, texnologiyalarning jadal rivojlanishi, zamonaviy bilimlarni egallashda xalqaro axborot manbalaridan foydalanish zarurati har bir oliy ta`lim muassasasi boshqaruv kadrlari va professor - o`qituvchilarining xorijiy tillarni bilish va amaliy qo`llay olishlarini talab qilmoqda. Shu boisdan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875 sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012 yil 26 sentabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  278- sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining  2013 yil 8 maydagi "Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlar ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida”gi 124- sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida oliy ta'lim muassasalarining mutaxassisligi chet tili bo'lmagan professor-o'qituvchilarini chet tillari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda institut professor-o'qituvchilarining chet tillari bo'yicha  bilim darajasini "Chet tillarini egallashning umumevropa kompetensiyalari: o'rganish, o'qitish va baholash (CEFR)” tizimining B1 darajasiga yetkazish  maqsadida ingliz tilida mashg'ulotlar olib boruvchi o'qituvchilar uchun ishchi dastur tuzildi.