So'nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Oxirgi yillarda nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal antitelolar olindi, biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar , jumladan, oziq-ovqat, energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog'liqni saqlash kabilarni xal etishda biotexnologiya o'zining salmoqli xissasini qo'shib kelmoqda.  Biotexnologiyaning ulkan yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat qilmoqda.

Ilm fanni rivojlanishi, sanoat katta yutuqlari va uning o'sib borishi  aholini ko'proq o'simlik olamiga ehtiyojini va qiziqishini oshib borishiga sabab bo'lmoqda. Dorivor o'simliklarga va ulardan olinadigan prеparatlarga tibbiyotda kеlajakda talabni yanada oshirishga asosiy sabablardan biri sintеz yo'li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor prеparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda istе'mol qilish inson  organizmi­da turli ko'ngilsiz va nohush o'zgarishlarga olib kеlishidir. Bu esa o'z navbatida resursshunoslik fanining ahamiyatini yanada oshishiga olib kеladi, jumladanyovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklar orasida istiqbolli dorivor  turlarini aniqlash, yangi o'simliklarni har tomonlama va chuqur o'rganish, dorivor o'simliklarni muxofaza qilish va ularni rеsurslaridan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.