Toshkent Farmatsevtika Instituti

ELEKTRON KUTUBXONASI

Axborot-resurs markazi haqida

Axborot resurs markazi yangiliklari 

 

Toshkent farmatsevtika instituti axborot-resurs markaziga xush kelibsiz. 

Toshkent farmatsevtika instituti kutubxonasi institut tashkil qilingan 1937 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2006 yil 20 – iyundagi “Respublika aholisini axborot – kutubxona xizmati bilan ta’minlashni tashkil qilish haqida” gi O‘zbekiston Rempublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan oliy ta’lim kutubxonalari axborot – resurs markazi maqomini oldilar. Mazkur Farmoyishni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2007 yil 21 fevraldagi 32-son buyruq imzolangan va unga asosan kutubxona Axborot – resurs markazi (keyingi o‘rinlarda ARM deb ataladi) maqomini olgan. O‘z faoliyatida ARM O‘zR qonunlariga, O‘zR Prezidenti farmoyishlariga, OTV va SSV buyruqlariga hamda institut rahbariyati ko‘rsatmalariga asoslanib ish olib boradi. ARM an’anaviy tamoilga asosan alifboli, tizimli, bosh topografik kataloglar, hamda bibliografiya kartotekalari asosida ish yuritiladi. Kartotekalarning turli tematikasi kitobxonlarga zarur materialni topishga imkon beradi. Institut sobiq rektori H.X.Xolmatov tomonidan tuzilgan “Dorivor o‘simliklar kartotekasi” alohida qiziqish uyg‘otadi. Referativ jurnallar uni tuzishga manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu kartotekani noyob hisoblash mumkin.

Hozirgi kunda Farmatsevtika institutining ARMi anchagina katta. ARM fondi davlat, rus va chet tillaridagi 367343 kitobga ega. Fond o‘z tarkibiga ko‘ra xilma-xil: darliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy, badiiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, diplom ishlari, ma’ruza matnlari, vaqtli matbuot, shuningdek CD disklar, videokassetalar (ilmiy va o‘quv adabiyotlarning elektron versiyalari) dir. Kitoblar orasidaXVII – XIX asrlar farmatsiyasiga doir nodir nashrlar ham mavjud.

Подробнее:                  Axborot-resurs markazi haqida

    Bizning manzil: 100015, Toshkent, 45, 
    Oybek ko‘chasi, "Oybek" metro bekati,
    Toshfarmi AT markazi.
    Tel.: +99(871)256-18-74
          +99(871)252-67-60
    Faks: +99(871)256-45-04
    E-mail: pharmi@bcc.com.uz