Toshkent Farmatsevtika Instituti

ELEKTRON KUTUBXONASI

Yoshlar axloqi va ma’naviyatini yuksaltirishga hizmat qiladigan “Kamolot kutubxonasi” adabiyotlari ro’yhati.

 

  Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish,

uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod,

bilmaganga o'rgatish - sadaqa,

uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir.

Ilm - tanholikda hamroh,

hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil,

begonalar oldida - eng sodiq do'st,

Jannat yo'lining minorasidir.

Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

        

 

        Kitob – insonni ulug’laydigan, uni ma’naviyat va ma’rifat asoslarini shakllantiradigan, komillikka yetaklaydigan kuch, u dunyo va bu dunyoni tanitish manbaidir. Kitobda barcha bilimlar mujassamlangan. Bu bilimlarni yanada rivojlantirish va mutolaani talabalar orasida yanada ommalashtirish maqsadida Toshkent Farmasevtika instituti Axborot – resurs markazi hodimlari tomonidan “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 1990-2016 yillarda chop etilgan axborot - resurs markazi fondidan foydalanib adabiyotlar ro’yhati tuzildi.

      Ushbu ro’yhatda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “O’tkan kunlar” O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasida”, “Nur borki soya bor” Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar”, “Qiyomat”, “Jamila”, “Asrni qaritgan kun”  Sh.Minavarovning “Amir Temur. Tuzuklar” X.Xusayniy “Shamol ortidan yugurib” L.Tolstoyning “Urush va tinchlik” Aleksandr Dyumaning “Graf monto kristo” Toxir Malikning “Nafs kishanlari”, “Voy onajonim”, Nafs kishanlari”, “Shaytanat” kabi badiiy asarlardan tortib turli xil ma’naviyatga eltuvchi turli xil 250 dan ortiq kitoblarni uchratish mumkin.

"Kamolat kutubxonasi" rukni adabiyotlar ro'yhati

 

Axborot – resurs markazi

Xizmat ko’rsatish bo’lim mudiri

Bahodirova D.B.


Bizning manzil: 100015, Toshkent, 45, 
    Oybek ko‘chasi, "Oybek" metro bekati,
    Toshfarmi AT markazi.
    Tel.: +99(871)256-18-74
          +99(871)252-67-60
    Faks: +99(871)256-45-04
    E-mail: tfiatm@pharmi.uz