Toshkent Farmatsevtika Instituti

ELEKTRON KUTUBXONASI

Axborot resurs markazida birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning tavallud kunlariga bag’ishlab ko’rgazma tashkil qilindi

Islom Karimov

 

 

 

Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun,

uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak.

I.A.Karimov

 

 

 

 

       I.A.Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilg’or fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, o’z nuqtai nazarini qat'iy himoya qilib, oldiga qo’yilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelgan. I.Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan bo’lib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bog’liq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini ta’kidlab keldi. Xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. O’zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bog’laydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo bo’lgan beqaror, notinch davrda O’zbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga ko’taradigan ulkan maqsad va vazifalar qo’ydi.

      I.Karimov O’zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqi davlat arbobi edi. I.Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob beradigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. O’zbekiston xalqining o’ziga xos xususiyatlari hamda ilg’or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi.

      I.Karimov haqida qancha gapirsak, shuncha oz. Аxborot - resurs markazida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavallud topgan kunlari munosabati bilan ARM hodimlari tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda prezidentimizning 25 yil davomida bosib o’tgan yo’llari, qilgan ishlari, qurgan inshoatlari haqida, kitoblari haqida talabalar bilan savol-javoblar, baxs-munozaralar o’tkazildi qolaversa eng sara kitoblari  ko’rgazmadan joy oldi.

    

    

 Axborot - resurs markazi

Xizmat ko'rsatish bo'limi mudiri

Bahodirova D.B.

 


Bizning manzil: 100015, Toshkent, 45, 
    Oybek ko‘chasi, "Oybek" metro bekati,
    Toshfarmi AT markazi.
    Tel.: +99(871)256-18-74
          +99(871)252-67-60
    Faks: +99(871)256-45-04
    E-mail: tfiatm@pharmi.uz