Gipermatnli axborot tizimi axborot uzellari to’plamidan, bu uzellarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to’plamidan hamda uzel va aloqalarni boshqarish instrumentidan iboratdir. World Wide Web texnologiyasi – bu internetda tarqatilgan gipermatnli tizimlarni boshqarish texnologiyasidir va bunga asosan, u gipermatnli tizimlarning umumiy qoidalariga mos kelishi kerak. Butun dunyo o’rgimchak to’ri – World Wide Web (WWW) HTML gipermatn belgilash tili yordamida tuzilgan Web-sahifalardan iborat HTML ancha murakkab til (Standart Generalived Markup Language SGML) hisoblanadi. Ananaviy tushuncha buyicha HTML butunlay dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML – xujjatni belgilash tilidir. WEB texnologiyasining asosini gipermatnli murojaatlar tashkil qiladi. Gipermatnli sahifalarni belgilash tili (HTML – Hypertext Markup Language) Web-hujjatlar yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan tildan iborat. U ekranda chiqarilmaydigan, lekin brauzerga hujjatning ichidagilarni qanday aks ettirishni ko’rsatadigan maxsus yo’riqnomalar (teglar)ning sintaksisi va joylashishini aniqlaydi. U shuningdek mahalliy yoki tarmoqdagi, masalan, Internet tarmog’idagi boshqa hujjatlarga murojaatlarni yaratish uchun ham ishlatiladi.